O'zb  | 

Foydalanish qo'llanmalari

Shaxsiy kabinet bu imkoniyat HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI AJ yuridik iste'molchilariga Internet bog'lanish orqali o'zlarining kuyidagi shaxsiy ma'lumotlarini ko'rishlari uchun berilgan:

- xisoblagichlar ko'rsatgichlarini kurish;
- shaxsiy xisob-raqamni to'lovlar bo'yicha joriy holati;
- qarzdorlik so'mmasi;
- to'lov tarixi;
- HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI AJ bilan tuzilgan shartnomaning asosiy rekvizitlari;
- joriy davr xisobotini kiritish;
- O'tkazmalar bo'yicha ro'yxat ma'lumotlarini kiritish;
- aylanma vedomostni ko'rish va bosmalash;
- tashkilot rekvizitlarini o'zgartirish;
- Xisob-kitoblarni yoyma kurinishda tarkibiy qismlari bo'yicha ko'rish;
- talabnoma va arizalarni kiritish;
- TETKning xabarlarini ko'rish.


Shaxsiy kabinet foydalanish uchun HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI AJ TETKda birlamchi qayd qilishdan o'tishingiz kerak va u Sizga shaxsiy kabinetga kirish uchun birlamchi parol beradi.

"Shaxsiy kabinet" sahifasidagi barcha zarur maydonlarni, "Birlamchi parolni" to'ldiring va "Kirish" tugmasini bosing. Agar bu harakatlar to'g'ri bajarilsa Siz "Shaxsiy kabinet"da shaxsiy sahifangizga o'tasiz.


Diqqat qiling!
Barcha ma'lumotlar konfidensial bo'lganligi sababli, ularni Internet orqali olingandan so'ng, saqlanishiga o'zingiz kafolat bo'lishingiz lozim. Bu olgan ma'lumotingizni ko'rgandan so'ng, har doim "Tizimdan chiqish" tugmasini bosib tizimdan chiqing, hamda "Internet-brauzer" oynasini yoping. Hech qachon ma'lumotingizni kompyuter ekranida ochiq holda qoldirmang, chunki bu ma'lumotlarni begonalar ham ko'rishi mumkin. Muhofaza nuqtai nazaridan "Shaxsiy kabinet" ning faoliyat ko'rsatmaslik vaqti - 35 minut qilib belgilangan, ya'ni 35 minut davomida "Shaxsiy kabinet"dan foydalanmasangiz, tizimdan avtomat ravishda chiqarib yuborilasiz. Bunday holda "Shaxsiy kabinet"dan foydalanmoqchi bo'lsangiz unga kirish amallarini qayta bajaring.

Izoh:
O'tkazmalar bo'yicha reestrni va xisobotni DSK ERI bilan yuborish uchun DSK dan maxsus dasturni ko'chirib oling: DSQ ning ERI bilan ishlash uchun maxsus dastur